Tozabog’yop madaniyati
Tozabog’yop madaniyati — Xorazmdagi jez davriga oid arxeologik madaniyat (mil. AV. 2ming yillik o’rtalari va 2yarmi). Tozabog’yop kanali nomi bilan atalgan. 1938 y. S.P.Tolstov ushbu kanal yaqinidan bu madaniyatga oid manzilgoxlarni topgan. Keyinchalik Ya.G’ulomov, M.A.Itina, A.Asqarovlar o’rgangan. T. m. Jan. Orolbo’yi hududida mahalliy (Suvyorgan madaniyati aholisi) va Jan. Uraloldidan kelgan (Yog’ochband madaniyati va Andronovo madaniyati aholisi) qabilalar aralashuvidan shakllangan. Kelgindi qabilalar ta’siri antropologik tiplarda (mas., Ko’kcha—3) va tozabog’yopliklarning moddiy madaniyatida ko’zga tashlanadi. Ular tomi qamish bilan yopilgan kulba va ertulalarda yashaganlar. T.m. Amudaryo deltasi, quyi Zarafshon va Qayroqqum cho’l zonasida tarqalgan. Bu xududlardan yuzlab makon va 10 ga yaqin qabriston aniqlangan. Asosiy mashg’ulotlari — sug’orma dehqonchilik va xonaki chorvachilik, mehnat va xarbiy qurolaslahalar jezdan, ba’zan toshdan yasalgan. Oybolta quyish uchun tayyorlangan qoliplar topilgan. Tuvaksimon sopol idishlarning tagi yassi, qo’lda yasalgan, o’yma va qolipli geometrik naqsh berilgan. T.m. kishilari urug’chilik jamiyatida yashaganlar, matriarxat an’analari saqlangan. Ad.: Tolstov SP., Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta, M., 1962.