Troilit

Troilit (italiyalik olim D. Troili nomidan) — sulfidlar guruhiga mansub mineral, FeS. Geksagonal singoniyada kristallanadi. Kristallik strukturasi geksagonal pirrotinning strukturasiga yaqin. Metallsimon yaltiraydigan bronzasariq rangli yumaloq ajratmalar hosil qiladi. Yopiq kristalli afegatlarining rangi qora. Qattiqligi 4, zichligi 4,6—4,8 g/sm3. Meteoritlarning asosiy minerali, yerda kam bo’lib, tug’ma temir, mis rudalari va o’ta asosli tog’ jinslari bilan bog’langan xromitlarda aralashma holida uchraydi.