Tropiklar

Tropiklar (Yunoncha tropikos (kyklos) burilish doirasi), madorlar — yer yuzasida ekvatordan 23°27′ shimolda va Janubda o’tkazilgan faraziy parallel doiralar. Ekvatordan shimolda Shimoliy Tropiklar yoki Saraton madori, Janubda Janubiy Tropiklar yoki Jadiy madori joylashgan. Quyosh har bir Tropiklarda faqat bir marta: shimoliy tropikda 22 iyunda, Janub tropikda 22 dekabrda zenitda (tik tepada) turadi. Tropiklar orasidagi joylarda Quyosh yiliga 2 marta Zenitdan o’tadi. Shimoliy tropikdan shimolda va Janubiy tropikdan Janubda Quyosh hech qachon Zenitga kelmaydi, Tropiklardan qaytadi.