TSERUSSIT
TSERUSSIT, oq qo’rg’oshin rudasi — karbonatlar sinfiga mansub mineral, qo’rg’oshin karbonati. Kimyoviy tarkibi RSO3; oz miqdorda sa, Zn, Sr, Mg aralashgan bo’ladi. Romb singoniyada kristallanadi. Aragonitning strukturaviy analogi. Kristallari psevdogeksagonal-dipiramidal, ustunsimon va boshqa shakllarda. Donador, kukunsimon, tolasimon agregatlar hosil qiladi. Rangsiz, oq, kulrang, qora, kamdan-kam qo’ng’ir, ko’k, yashil tusda. Olmosdek, ba’zan shishasimon yaltiraydi, shaffof. Qattiqligi 3-3,5, zichligi 6,4—6,6 g/sm3. Juda mo’rt. Qo’rg’oshinli tomirlarning yer sathiga yaqin zonalarida karbonatli suvlarning galenitga ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Sinonimi: akruzit, qo’rg’oshin shpati. Qo’rg’oshin olinadigan ruda hisoblanadi. Tserussit 10-11-asrlardan ma’lum bo’lib, qo’rg’oshinning oson ishlov beriladigan rudasi sifatida foydalanilgan. RF (Oltoy), Qozog’iston, AQSh va Avstraliyada konlari bor. O’zbekistonda Qo’rg’oshinkon, Lochinkon, Janubiy Darboza konlarida topilgan.