TSILINDR QUVVATI

TSILINDR QUVVATI — bug’ mashinasi, ichki yonuv dvigateli va boshqalar porshenli mashinalarning bir tsilindrida vujudga keladigan quvvat. Uning qiymati porshenning o’rtacha tezligi, tsilindr diametri va hajmiga bog’liq. Tsilindr quvvati har xil mashina uchun turlicha bo’ladi. Masalan, Andijondagi «O’zDEUavto» qo’shma korxonasi ishlab chiqargan uch tsilindrli «Tiko» avtomobili uchun Tsilindr quvvati 41 o.k. (tsilindr hajmi 796 sm3), uch tsilindrli «Damas» avtomobili uchun 38 o.k. (tsilindr hajmi 796 sm sm3), to’rt tsilindrli «Neksiya» avtomobili uchun 75 o.k. (tsilindr xajmi 1488 sm3), Samarqanddagi «SAMKOCH-Avto» qo’shma korxonasi ishlab chiqargan, 4 tsilindrli turbodizel o’rnatilgan IVECO 8040.25 yuk avtomobili uchun 115 o.k. (tsilindr hajmi 3908 sm3) ga teng.