TSRVENKOVSKIY

TSRVENKOVSKIY (Crvenkovski) Branko (1962.12.10, Saraevo shahri yaqini) — Makedoniya davlat arbobi. Skope universitetining elektronika fakultetini tugatgan (1986). 1986 yildan Skopedagi «Semos» firmasi direktori. 1990 yildan Makedoniya parlamenti deputati, parlamentning tashqi ishlar bo’yicha komissiyasi raisi (1990-92). Makedoniya mustaqilligi to’g’risidagi referendumni o’tkazish tashabbuskorlaridan biri. Makedoniya Majlisi (parlamenti)ning barcha chaqiriqlari deputati. 1991 yil apreldan Makedoniya sotsial-demokratik Ittifoqi partiyasi raisi. 1992-98 va 2002-04 yillarda Makedoniya hukumati raisi. 2004 yil apreldan Makedoniya Respublikasi prezidenti.