TSUGARU

TSUGARU, Sangar bo’g’ozi —Xonsyu va Xokkaydo orollari (Yaponiya) o’rtasidagi bo’g’oz. Yapon dengizini tinch okean bilan bog’laydi. Uzunligi 96 kilometr, eng kambar joyining eni 18 kilometr, eng sayoz joyining chuqurligi farvaterida 110 metr. Muhim portlari: Xakodate va Aomori. Tsugaro orqali dunyoda eng uzun (54 kilometr) transport tonneli qurilgan.