Tug’ma minerallar
Tug’ma minerallar – tabiatda sof holda uchraydigan kimyoviy elementlar. 30 dan ortiq kimyoviy element (xususan, metallar) er pustila T.m. holida uchraydi. Ba’zi gazlar va suyuq holatdagi elementlar (mas., simob) ham shu minerallar katoriga kiradi. Ular er pusti umumiy massasining taxm. 0,1%ini tashkil qiladi, shundan 0,04% azot va 0,01— 0,02% kislorod; qolgan qismi 0,05%. Ba’zi elementlar tabiatda ko’pincha tug’ma holda uchraydi. Bunday elementlardan geliy, neon, ksenon, radon, uglerod, azot, kislorod, oltingugurt, xlor, qalay, temir, kobalt, margimush, selen, radiy, palladiy, osmiy, iridiy, platina, oltin, simob, kumush, vismut asl elementlar deyiladi. T.m. kimyoviy xossalariga qarab 3 guruhga ajratiladi: metallar — oltin, kumush, mis, platina, temir, nikel va b.; yarim metallar — margimush, surma, vismut; metalloidlar — uglerod, oltingugurt. T.m.ning hosil bo’lishi er po’stidagi endogen va ekzogen jarayonlarda sodir bo’ladigan turli fizik va kimyoviy sharoitlarga bog’liq. O’zbekistonda oltin, kumush, uglerod (grafit), simob, qalay, qo’rg’oshin, temir, vismut kabi T.m. mavjud.