Tulixon, Tuli, Tuluy

Tulixon, Tuli, Tuluy (taxm. 1192-1230) — Chingizxonnchng kenja o’g’li, otasining harbiy ishlar bo’yicha bosh maslahatchisi, sarkarda. Mo’g’ullar davlatinint 4 udusidan birining egasi. T. ulusi 50 ming xonadondan iborat bo’lgan. T. «yeke(balig’)no’yon» (ulug’ janob, Xoja) va «ezden» (hukmdor) kabi unvonlar bilan atalgan, u otasi mulki(yurt)ga merosxo’r bo’lgan. 1211 — 15 y.larda Chingizxonning shim. Xitoyga qilgan yurishlarida akalari (Jo’ji, Chig’atoy, O’qtoy) bilan birga qatnashgan. Mo’g’ullar istilosi davrida otasi bilan Buxoroni egallagan (1220). 1220 y. Tag’ochor no’yon bilan 80 ming kishilik qo’shinga bosh bo’lib Xurosonning Marv, Nishopur, Hirot kabi shaharlari, Tue, Sabzavor, Jojarm, Niso, Obivard, Saraxs, Qof viloyatlarini 3 oy davomida bosib olib vayron kilgan. So’nfa otasi farmoniga ko’ra, Toliqon, so’ng Badaxshon viloyatlari sari yo’nalib otasi o’rdusiga kelib qo’shilgan. Chingizxon vafotidan so’ng (1227) 129 minglik mo’g’ul qo’shinidan 104 ming nafari hamda Mo’g’uliston, Xitoy, qirg’izlar eri T. ixtiyoriga berilgan. 1229 y.dagi mo’g’ul shahzodalari, no’yonlari qurultoyi Chingizxonning 3o’g’li O’qtoyni buyuk qoon (xon) etib taxtga o’tirganligini qonuniylashtirmaguncha T. otasining udeli — Xalxamongoliyani boshqargan. 1229-30 y.lar Xitoy yurishidan qaytishda yo’lda kasal bo’lib vafot etgan. Mo’g’ul tilida «tuli» — ko’zgu ma’nosini bildiradi. T. vafotidan so’ng «ko’zgu» atamasini qo’llash taqiklangan, uning mulkiga xotini Surxuktani (kerayit malikasi, xristian dinida bo’lgan) egalik qilgan. T. mo’g’ullar orasida katta obro’-e’tiborga ega bo’lgan. Bu avlod vakillaridan ulug’qoonlar chiqqan (1248-1634). T.ning o’g’li Huloku Erondagi Elxoniylar sulolasiga asos solgan. Ichki Mo’g’ulistonda hanuzgacha T.ning maqbarasi deb hisoblanadigan ko’hna ibodatxona mavjud. Manba.Rashia addin, Sbornikletopisey, t. 1-3, M., 1952-1960; Karpini P, Istoriya mongolov, M., 1957. Ad.: Bartold V.V., Sochineniya, t.2(1), M., 1963; Mirzo Ulug’bek, to’rt ulus tarixi, T., 1994. Faxriddin Hasanov.