Tulkiquyruq

Tulkiquyruq (Prangos Lindl.), yug’on — Soyabonguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tlar turkumi. O’zbekistonda Ohangaron vohasi va Chimyon tog’larida ko’proq xashakbop Tulkiquyruq yoki shashir (P.pabularia) va Chimyon Tulkiquyruqi (P.tschimganica B. Fedtsch.) uchraydi. Xashakbop Tulkiquyruqning bo’yi 2 metrga boradi. Iddizi yo’g’on, tsilindrsimon, poyasining yuqori qismi qalqonsimon, shoxlangan; shoxlari qaramaqarshi yoki halqasimon joylashgan. Yaproqlari 40 santimetrgacha, ellipssimon, 4-5 marta patsimon qirqilgan. Soyaboni 10 -20 nurli, soyabonchalari 10-15 gulli. O’rama barg va bargchalari 5-10 ta, kalamibigizsimon. Mayiyul oylarida gullab urug’laydi. Loy tuproqli Toshloq yerlarda, butalar orasida o’sadi.