Tundra

Tundra (Fincha tunturi — o’rmonsiz, yalang qir) — shimoliy yarim sharning yuqori kengliklaridagi yo’sin va zamburug’, ko’p yillik o’t hamda butalar o’sadigan yerlar. Janubda o’rmonlar, shimoldan Arktika muz saxrolari zonasi bilan chegaralangan. Tundra doim to’ngib yotgan sovuq iqlimli va sovuq tuproqli o’lka. Skandinaviya, Ural, Sibir, Alyaska, Kanada shimolidagi tog’larda tog’li Tundra tarqalgan. Tundrada ko’p yillik o’simliklar, yo’sinlar, lishayniklar, har xil o’tlar, barg to’kuvchi va doim yashil butalar, pakana kayin va mitti qoraqarag’ay ko’p o’sadi, bug’u boqiladi, ovchilik qilinadi. Tundra zonasining katta qismini subarktika, Tundra va chekka shimolda Arktika Tundrasi tashkil etadi.