TUPROQ OSTIDAN SUG’ORISH

TUPROQ OSTIDAN SUG’ORISH — tuproqningo’simlikildizitarqaladigan qatlamini er osti quvurlari orqali namlash; sug’orishning istiqbolli usullaridan biri. Bu usulni sabzavot, texnika ekinlari etishtirishda, bog’larda, tokzorlarda va b.da qo’llash samaralidir. T. o.s.da suvni anchagina iqtisod qilishga (30-40%) erishiladi. T.o.s.da suv kam me’yorda, ammo tez-tez beriladi, bu esa o’simliklarning yaxshi rivojlanishiga qulaylik tug’diradi. Sug’orishning bu usulida o’simliklarning ildiz sistemalari tarqaladigan zonada nam zaxiralari eng ko’p to’planadi, ustki qatlam (0-15 sm) esa quruq holda qoladi yoki bir qadar namlanadi. Natijada tuproq betida qatqaloq g’osil bo’lmaydi, ustki qatlamdan havoning yaxshi o’tishi ta’minlanadi, begona o’tlarning o’sishi va ko’payishiga sharoit bo’lmaydi. T.o.s. uchun tuproq yuqori kapillyarlik xususiyatiga ega bo’lishi, suv beriladigan uchastka tekis bo’lishi shart. Bu usulni yirik donador, Toshloq va sho’rlangan tuproqda qo’llash mumkin emas. Namlagich sifatida teshikchalari bo’lgan sopol, plastmassa va b. quvurlardan foydalaniladi. Suv berish tarziga qarab T.o.s bosimli, bosimsiz va vakuumli bo’lishi mumkin. Bosimli T.o.s.ni qo’llash bo’yicha birinchi tajribalar O’zbekistonda 20-a. ning 30-y.lar oxiri — 40-y.larning boshlarida SoyuzNIXI ning Markaziy tajriba meliorasiya styasida, keyinroq Oqqovoq agrotexnika tajriba styasida o’tkazilgan. 60-70-y.larda T.o.s. texnologiyasi va konstruktsiyasi turli tuproq tiplarida o’rganildi. T.o.Sning tajriba — ishlab chiqarish. tizimlari Mirzacho’l va Jizzax cho’lining o’zlashtirilgan erlarida (kam sho’rlangan suro’tloqi engil tuproqlarda), ularning eng yiriklari Sirdaryo viloyatida 50-200 ga maydonda qurilgan.