Tuproqqal’a

Tuproqqal’a — qad. shaharqal’a xarobasi; mil. 3-4-a.lardagi Xorazmshohlar qarorgohi. Hoz. Beruniy sh. atrofidagi hududda joylashgan. 1938-50 y.larda S. P. Tolstoe rahbarligidagi Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspedisiyasi tomonidan o’rganilgan. T. tarhi to’g’ri burchakli (500×350 m) bo’lib, gumbazsimon yo’lakli va burjli mudofaa devori bilan o’ralgan. Devorning mustahkam Jan. darvozasidan otashkada tomon Markaziy ko’cha o’tgan. Ko’ndalang tushgan ko’chalar shaharni 10 ta kvartal (mahalla)ga ajratgan. T.ning madaniy qatlamidan, mil. boshlaridan 6-a.gacha bo’lgan davrga oid ashyoviy materiallar chiqqan. T.ning shim.Sharqiy qismida maxsus ko’tarma supa (bal. 14 m, mayd. 80*80 m) ustiga xom g’ishtdan saroy qurilgan. Unga yondosh qilib bal. 25 m li 3 ta minorasi bo’lgan Ark binosi (mayd. 40×40 m) bunyod etilgan. Arkka Sharq tomonidan kutarma yo’lak orqali kirilgan. T. da 100 ga yaqin turar joy, xo’jalik binolari va 8 ta saroy xonalari qazilgan. Xonalar devori bo’rtma naqshlar va relefli rangli haykallar bilan bezatilgan (q. Tuproqqal’a deeopuii rasmlari va haykalpari). T.ning Sharqiy qismida qurolaslaha ustaxonasi bo’lgan, u erdan temir nayzalar, 3 parrakli o’qlar, saroyning emirilib ketgan 2qavatidagi podsho arxividan esa teri va yog’och taxtachalarga yozilgan 100 dan ortiq hujjat topilgan. Ular qad. Xorazmiy gilida bitilgan (1-3-a.lar). T.dan jun, shoyi, ip gazlama parchalari, bo’yra, rangli gilam, ko’plab haykal bo’laklari, sopol buyumlar va Kushon tangalari topilgan. T. sug’orish inshootlarining buzilishi, harbiy to’qnashuvlar natijasida xaroba — ga aylangan. Ad. Tolstov S. P ., Drevniy Xorezm, M., 1448; Tolstov S. P., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. T., 1964.