Tuproqshunoslik

Tuproqshunoslik – tuproq haqidagi fan; uning tarkibi, xossalari, kelib chiqishi, taraqqiyoti, geografik tarqalishi, unumli foydalanish usullari va unumdorligini oshirish yo’llarini o’rganadi. T. tabiiytarixiy fanlarga mansub bo’lib, tuproqni tabiat mahsuli, mehnat predmete, ishlab chiqarish. vositasi sifatida tadqiq etadi. T. iklimshunoslik, geomorfologiya, petrografiya, o’simliklar fiziologiyasi kabi boshqa tabiiy fanlar bilan uzviy bog’liq. Q.x.da tuproq unumdorligini oshirish, sanoat o’g’itlarini qo’llash, erning meliorativ holatini yaxshilash, tuprok, eroziyasiga qarshi kurash va b. masalalarni hal qilishda, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Tuproq 18-a. oxirlaridan o’rganila boshlandi. 19-a. o’rtalarida tuproqni geologik Hosila deb qarovchi agrogeologik yo’nalish vujudga keldi. 19-a. oxirlarida V.V. Dokuchaev Rossiyada tirik va ulik tabiat xususiyatlariga ega tabiiytarixiy jins — tuproq to’g’risidagi tushunchani asoslagan genetik T.ni yaratdi. T.ning agronomik yo’nalishi (tuproq bilan o’simlik o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik, tuproq unumdorligi)ni P.A. Kostichev, geografik yo’nalishi (tuproq kesmasining tuproq hosil bo’lish jarayoni bilan bog’liq holda solishtirma tahlili)ni esa K.D. Glinka, N. M. Sibirsev va b. rivojlantirdi. Agronomik, o’rmon va meliorativ T. — T.ningamaliy sohalaridir. 20-a. boshlarida T.ning yangi — kimyoviy yo’nalishi vujudga keldi. Bu yo’nalishni tuproq kolloid kimyo-si asoschisi K. K. Gedroys yaratdi. 20-y.larda V. I. Vernadskiy tuproq hosil bo’lishida tirik organizmlar ahamiyatini o’rganib, T.da biogeok i m yo yo’nalishga asos soldi. 30-y.larga kelib, tuproq fizik kimyosi, fizikasi, mineralogiyasi, mikrobiologiyasi kabi boshqa bo’limlar ham shakllandi. T.ning shu davrdagi hamda keyinchalik rivojlanishida N.A.Dimo, N.A. Gerasimov, E.N.Ivanova, V. A. Kovda, B.B. Polinov, L. I. Prasolov, N. N. Rozov, I. V. Tyurin va b.ning ishlari etakchi axamiyatga ega bo’ddi. T. ning O’zbekistonda rivojlanishi Turkiston unti qoshida Tuproqshunoslik va geobotanika intining tashkil etilishi bilan uzviy bog’liq (q. Tuproqshunosyaik va agrokimyo instituto’). Bungacha O’rta Osiyo hududi tuproqlarini A. Middendorf, A.N. Krasnov, N. Teyx tadqiq etgan. P. S. Kossovich rag’barligida er tuzish va dehqonchilik bosh boshqarmasining qishloq xo’jaligi. kimyosi lab. (Rossiya; 1897 y.da tashkil kilingan) tomonidan Mirzacho’l va Andijon tajriba dalalari tuprogining kimyoviy va granulometrik tarkiblari tadqiq qilindi. Bu tadqiqotlar natijasida sur tuproklarda fosfor, kaliyning ko’pligi, gumus (chirindi)ning esa kam ekanligi va karbonatlarga to’yinganligi aniqlandi. S. S. Neustruev ishlarida tipik sur tuproklar tavsiflangan va shu tipdagi tuproklar terminologiyasiga asos solingan. T. ning geografik, kimyoviy va biogeokimyo yo’nalishlari sintezi tuproqning 4 asosiy: qattiq, suyuq, gazsimon va tirik qismlardan iborat ekanligini ko’rsatdi. Tuproqning bu tarkibiy qismlarida modda va energiya almashinuvi doimo o’zaro ta’sir etib, uzluksiz kechadi. Tuproqda tirik organizmlarning bo’lishi uni biosferaning tirik mavjudotlari katoriga kiritish imkonini berdi. Shu asosda tuggroq unumdorligi, tasnifi va diagnostikasi haqidagi ta’limot takomillashtirildi. O’zbekistonda T. rivojida M. B. Bahodirov, B. V. Gorbunov, V. B. Gussak, N.V. Kimberg, M. A. Orlov, M. A. Pankov, A. M. Rasulov, S. N.Rijov. X. Maxsudov, M. U. Umarov, O. Komilov va b.ning hissasi katta. O’zbekiston tuttroqshunoslari sug’orma dehqonchilik mintaqalari uchun afokompleks tadbirlar sistemasi, ya’ni erni chukur haydash, sug’orish, mineral va mahalliy o’g’itlardan unumli foydalanish; sho’rlangan va botqoqlangan erlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash choralari va b.ni ishlab chiqdilar. Tuproqshunoslik va afokimyo intida tadqiqot natijalari umumlashtirildi, kam o’rganilgan va hali o’rganilmagan joylar tuproqlari eroziongeografik jihatdan tadqiq etiddi. Yangi ma’lumotlar tuproq tasnifini nazariy tomondan qayta ko’rib chiqishni va uning yangi variantini yaratish imkonini berdi. T. ning ilmiy, nazariy va amaliy masalalari O’zbekiston Respublikasi er resurslari davlat qo’mitasining Tuproqshunoslik va agrokimyo inti, qishloq xo’jaligi. oliy o’quv yurtlari va O’zMU ning tuproqshunoslik kafedralari va b. ilmiy muassasalarida o’rganiladi. Ilmiy ishlar natijalari davriy ilmiy jurnali lar, shuningdek, ilmiy to’plamlarda nashr qilinadi. Ad.: Pankov M. A., Tuproqshunoslik, T., 1970; Bahodirov M ., Rasulov A., Tuproqshunoslik, T., 1975; Rasulov A., Ermatov A. K,., Tuprokshunoslikasoslari va dehqonchilik, T., 1980. Hodimat Maxsudov.