Tur

Tur (Avestoda Thura) — qad. eroniylarning peshdodiylar sulolasidan bo’lgan shohi Faridun (Traetaona) ning o’g’li. Avestoda O’rta Osiyoning qad. xalqlari — turlar (turonliklar) qayd etilgan (q. Turon). Firdavsiyning «Shoxnoma» asariga ko’ra,T. turkiy xalqlar bobokaloni, akasi Salm (Silm, selm) esa Somiy xalkdar bobokaloni hisoblangan. Faridun dunyoning taqsimlanishi xaqidagi fors an’analariga ko’ra, o’z saltanatini o’g’illari T., Salm va Eroj o’rtasida taqsimlagan. Katta o’g’il Salm — boylik, o’rtanchasi T. — harbiy shonshavkat, kichik o’g’li Eroj — qonun va dinni so’ragan. Ularning iltimoslariga kura, podsho otalari Salmga Rum erlarini, T.ga Turkiston va cho’lu biyobonni, kenja o’g’li Erojga esa Eron taxtini va akalari ustidan oliy hokimiyatni topshirgan. «Shog’noma»da bu an’ana boshqacha variantda saqlangan. Faridun o’z o’g’illarini sinamoqchi bo’ladi va ajdarhoga aylanib ularning yo’lini to’sadi. Salm qochib qoladi, T. kurashga bel bog’laydi, Eroj esa o’zining akl zakovati, oliyjanobligi bilan ajdarhoni tinchlantiradi. Tur, ibtidoiy buqa (Bos primigenius) — qirilib ketgan yovvoyi buqa. Bir necha kenja turlari bo’lgan. Bo’yi (yag’rinidan) 2 m cha, vazni 800 kg gacha. To’rtlamchi davrda Sharqiy yarim sharning deyarli hamma joylarida (Avstraliyadan tashqari), Evropada esa 17-a.gacha (Polshada) yashagan. Asosan, o’rmondasht zonasida tarqalgan. T. — xonaki qoramollarning ajdodi. Tanlash, duragaylash va b. metodlarning qo’llanishi natijasida dastlabki T.dan har xil qoramol zotlari yaratilgan. Kavkazdagi yovvoyi echkining bir turi ham T. deyiladi.