Turkiston shox iloni

Turkiston shox iloni, Turkiston shilliq qurti (Agrolyma xagritis vas. turanicus) — mollyuskalar tipiga mansub chig’anoqsiz shilliqurt. Tanasining uzunligi 30 — 60 millimetr. Usti teri parda bilan qoplangan kichkina plastinka ko’rinishidagi chig’anoq qoldig’i saqlangan. Sariq, oqsariq, sarg’ishpushti tusli. Qoramtir yo’l yoki dog’chalari bor. O’zidan rangsiz shilimshiq modda ajratadi. Sernam daraxtzor va ochiq erlarda yashaydi. Madaniy o’simliklarga zarar keltiradi.