Turkmanboshi

Turkmanboshi (1993 yilgacha Krasnovodsk) — Turkmanistondagi shahar (1896 yildan). Kaspiy dengizining Sharkiy sohilidagi yirik port. Kubadog’ tizmasi etaklarida, 1962 yildan dengiz temir yo’l paromi orqali Boku bilan bog’langan. Aholisi 58,9 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Turkmanboshi rus armiyasi harbiy istexkomi sifatida Qizilsuv (turkmancha «Go’zo’lsu») qishlog’i yonida vujudga kelgan va ruscha Krasnovodsk deb atalgan. Neftni qayta ishlash, kema ta’mirlash zavodlari, qurilish materiallari, oziq-ovqat (baliq konservalash va boshqalar) sanoati korxonalari, tikuvchilik fabrikasi mavjud. Bir necha o’rta maxsus bilim yurti, muzey bor.