Turp
Turp (Raphanus sativus L.) — karamdoshlar oilasiga mansub ikki yillik o’simlik. 5 ming yil muqaddam qadimgi Misr, Yunoniston va Rimda ekilgan. Hoz. paytda dunyodagi barcha mamlakatlarda ekiladi. Birinchi yili kesikli, tukli barglardan iborat to’pbarg va ildizmeva hosil qiladi. 2yili, ekilgach, gulpoya chiqarib, 35-40 kunda gullaydi. Gullashi bir oygacha davom etadi. Gul to’plami — shingil. Guli 4 tojbargli, 2 jinsli, oq pushti, binafsha yoki ochsariq rangda, chetdan hasharotlar, asosan asalarilar yordamida changlanadi. Madaniy T. rediska va yovvoyi T. bilan oson chatishadi. Mevasi ochilmaydigan urchuq yoki tsilindrsimon qo’zoqdan iborat. Urug’i yumaloq, oval shaklda, och, to’q jigarrang (rediska urug’iga o’xshash), 1000 donasi vazni 9-14 g, unuvchanligi (1 toifa urug’larda 85%) 4-5 yilgacha saklanadi. T. faqat ochiq erda etishtiriladi. Urug’i 2-4°da unib chiqadi. 13-20°da yaxshi rivojlanadi, harorat 20°dan yuqori bo’lsa ildizmevalarning o’sishiga salbiy ta’sir qiladi. T. namsevar o’simlik. Namlik etishmasa ildizmevasi yaxshi o’smaydi. Ildizmevasi yirik, 200 g dan 4-5 kg gacha. Tarkibida o’rtacha 1,92% oqsil, 1,58% qand, 1,55% kletchatka, 8-29 mg %.vitamin S va b. bor. Asosan, yangiligida, ayrim vaktlarda dorivor sifatida iste’mol qilinadi. Shuningdek, unda lavshaga qarshi vitamin bor, modda almashinuvi, ovkat hazmini yaxshilaydi. T. O’zbekistonning Markaziy viloyatlarida iyul oxiri — avg. boshida, Jan. mintakalarda, avg. 2 o’n kunligida, 2— 3 sm chuqurlikka ekiladi. Maisa ko’karib chiqquncha tuproq doimo nam holda tutiladi. Keyingi parvarish o’tash va yaganalashdan, o’z vaqtida sug’orib va kultivasiya qilib turishdan iborat. O’zbekistonda T.ning Marg’ilon va Andijon9 tezpishar navlari davlat reestriga kiritilgan. Hosildorligi: Marg’ilon navi 350-360 ts/ga; Andijon9 navi 480-500 ts/ga. Ad.: Pivovarov V. F., Aromov M. X., Turd i kul ov B. X. i dr., Ovohnie i baxchevie kulturo’v Uzbekistane, M., 2001; Ostanaqulov T. E., Sabzavot ekinlari biologiyasi va o’stirish texnologiyasi., T., 1997.