Ud

Ud (Arabcha — qora daraxt) — torlimezrobli qadimgi musiqa asbobi. Arab, turk, fors, Kavkaz (Ozarbayjon, arman) va Markaziy Osiyo (o’zbek, tojik) xalqlarida keng qo’llaniladi. Katta, noksimon va yupqa qopqokli kosaxona, kalta va enli dastaga ega. Tovushi yumshoq va mayin. Ayritom xarobasidan udsimon cholg’uni ushlab turgan sozanda ayol tasvirlangan Friz topilgan. 9— 15-asrlarda Sharq musiqa nazariyasi (tovushqator, parda, maqomlar) masalalarini sharhlab berishda Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin al-Urmaviy, ash-Sheroziy va boshqalarning risolalarida Ud yetakchi soz hisoblangan. Uning dastlab 4 tori bo’lganligi, Ziryob ismli (9-asr) sozanda (ayrim manbalarda Forobiy) tomonidan 5 tor qo’shilganligi ma’lum. Torlar kvartaga sozlanib forscha va Arabcha — hodd, zir, masna, maslas, bam deb nomlangan. Ud pardalari esa mutlaq (ochiq tor), Zoid (ochiq torga nisbatan orttirilgan), mujannab (qo’shni parda), sabbob (ko’rsatkich barmoq bilan bosiladigan), vustai furs (o’rta barmoq bilan bosiladigan fors pardasi), vustai Zalzal (Zalzalga nisbat berilganuiim). Ld parda), binsir (to’rtinchi barmoq bilan bosiladigan parda), xinsir (jimjiloq bilan bosiladigan parda) deb yuritilgan. Risolalarda pardalar abjad tartibida Arabcha harflar bilan belgilangan. Hozirda qo’llaniladigan Ud pardasiz va 11 torli. Ulardan 5 tasi juft torlardan, pastki tori bitta bo’ladi. O’zbekistonda musiqa kollejlari va O’zbekiston davlat konservatoriyasida Ud sinflari mavjud. Ud, asosan, jo’rnavoz (mumtoz musiqa ansambllari) va yakkanavoz soz sifatida qo’llaniladi. Ud asosida Yevropada lyutnya cholg’usi kashf etilgan.