Ufimtsev Viktor Ivanovich

Ufimtsev Viktor Ivanovich (1899.21.11, Janubiy Uraldagi Shadrinsk shahri yaqinida — 1964.31.12, Toshkent) — O’zbekiston xalq rassomi (1944). Omskdagi rassomlik kursida o’qigan (1917-19). 1933 yildan O’zbekistonda. Hamza teatrida bosh rassom (1933-36), O’zbekiston rassomlar uyushmasining raisi (1940-45). Ufimtsev, asosan, tarixiy janrda ijod qildi, dolzarb mavzularga hozirjavoblik bilan asarlar yaratdi, asarlarida O’rta Osiyo xalqlari hayotini aks ettirdi: «Turksib» (1931), «Qahramonnoma» (1936), «Jangovar reja» (1940); «Toshkent harbiy shahar» (1943) asarlar turkumi, «Yer va kelajak haqida» (1957), «Buxoroyi sharif» (1957), «hayot guli» (1963), «oldingi qatorda» (1964) va boshqalar. Natyurmortlar («moviy ryumkali natyurmort», 1949; «Siren», 1950; «dala gullari», 1952; «Moviy gullar», 1954 va boshqalar), hajviy plakatlar va boshqa asarlar yaratgan, spektakllar («mening do’stim», 1934; «Nomus va muhabbat», 1936 va boshqalar)ni badiiy bezagan. Xorijiy mamlakatlarda bo’lib, taassurotlari asosida kartinalar (masalan, «Hindiston» turkumi va boshqalar) yaratgan.