Ufq, gorizont
Ufq, gorizont (Yunoncha horizo — chegaralayman) — ochiq joyda yer yuzasining ko’rinadigan chegara qismi yoki yer yuzasining osmon sferasi bilan kesishadigan qismi. Ko’rinma Ufq va matematik Ufq farqlanadi. Kuzatuvchiga osmon sferasi yer yuzasi bilan tutashib ketadigandek bo’lib ko’rinuvchi egri chiziqni ko’rinma Ufq deyiladi. Ufqning ko’rinma uzoqligi quyidagicha ifodalanadi: d~ 3,83 VA , bu yerda d —masofa, kilometrlarda; h — kuzatuvchining yer yuzasidan (dengizda esa suv sathidan) turgan balandligi, metrlarda ifodalanadi. Balandlik ortishi bilan Ufqning ko’rinma uzokligi, shuningdek, Ufqning pasayishi ortib boradi. Masalan, dengiz qirg’og’ida turgan odam 5-6 kilometr, 10 metr balandlikda esa 12,1 kilometr uzoqdagi buyumlarni ko’rishi mumkin. Kuzatuvchi turgan nuqtada shovun chizig’i osmon sferasini Zenit va nadir nuqtalarida kesadi. Shovun chizig’iga Perpendikulyar bo’lgan tekislik bilan osmon sferasining kesishishidan hosil bo’lgan katta doira matematik yoki haqiqiy Ufq deyiladi. Ko’rinma Ufq, odatda, matematik Ufqdan pastda yotadi. Shunga ko’ra, ko’rinma Ufq haqiqiy Ufqdan kichik bo’ladi. Joyning meridiani haqiqiy Ufq bilan ikki nuktada: shimoliy nuqta N va Janubiy nuqta S da kesishadi. N va S lar o’rtasida shimolga qarab turgan kuzatuvchining o’ng tomoni Sharq E va chap tomoni G’arb J bo’ladi. Ufq osmon ekvatori bilan huddi shu E va W nuqtalarda kesishadi. N, S, E va I lar u.ning asosiy (bosh) nuqtalari bo’lib, unga dunyo tomonlari ham deyiladi.