Uglerod
Uglerod (lotincha Carbo — kumir, lotincha Carboneum), S — Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 6, atom molekulasi 12,011.2 ta barqaror izotopi: 2S (98,892%) va 3S (1,108%) bor. Radioaktiv izotoplaridan |4S(T|/2=5600 yil)ning ahamiyati muhim. Atmosferaning yuqori qatlamida kosmik nurlar neytronlarining azot izotopi I4N ga ta’siri natijasida 4S hosil bo’ladi. 4S izotop indikatorlar sifatida keng qo’llanadi. Uglerod qadimdan ma’lum. Pista ko’mir rudalardan metallar eritib olishda, olmos qimmatbaho tosh sifatida qo’llangan. Keyinroq esa grafit tigel va qatlam tayyorlashda ishlatilgan. K.Lavuaze 1772 yilda olmosning kristall holdagi Uglerod ekanligini isbotladi. 1778 yilda shved kimyogari K. Sheele grafitni selitra bilan qizdirilganda ham ko’mirni selitra bilan qizdirilgandagi singari karbonat angidrid hosil bo’lishini aniqladi. Ingliz olimi S.Tennant 1797 yilda kaltsiy karbonatga fosfor bug’i ta’sir ettirib sof Uglerod oldi. Uglerod Yer po’stining massa jihatidan 2,310 2% ini tashkil etadi. U Yer po’stining yuqori qismi (biosfera)da bo’ladi. Tirik moddalarda 18%, yog’ochda 50%, toshko’mirda 80%, neftda 85%, antrasitda 96% Uglerod bor. Uglerodga xos minerallar soni 112 ta. Uglerod koinotda ham keng tarqalgan. Quyoshda Uglerod vodorod, geliy va kisloroddan keyin 4-o’rinni egallaydi. Uglerodning 4 kristall modifikatsiyasi: grafit, olmos, karbin va lonsdeylit ma’lum. Karbin sun’iy usulda olingan qora rangli mayda kristall kukun. Zichligi 1,9—2 g/sm3. O’zaro parallel uzun S atomlari zanjiridan tuzilgan. Lonsdeylit meteoritlarda topilgan va sun’iy usulda olingan. Uglerodning atom radiusi 0,077 nm A, S4+ ionning radiusi 0,02 nm; S4~ ning radiusi 0,26 nm. U.ning amorf shakli — faollangan kumir kuchli adsorbent hisoblanadi. U nafaqat gazlarni, balki erigan moddalarni ham yutadi. Uglerodning barcha allotropik shakl o’zgarishlari kimyoviy jiqatdan ancha chidamli va inert moddalardir. Uglerod metallar bilan karbidlar hosil qiladi. Uglerod o’z birikmalarida +4, -4 +2 va — 4 valentli. Uglerod atomlari o’zaro birikib «ochiq», «tarmoqlangan», «yopiq» zanjirlar, o’zaro (shuningdek, boshqa elementlarning atomlari bilan) «yakka», «qo’sh» va «uch karrali» boglanishlar hosil qila oladi. Uglerod ko’pgina qotishmalar (po’lat, cho’yan) ning muhim komponenti hisoblanadi. Tarkibida Uglerod ko’p bo’lgan materiallar elektrodlar, tigellar tayyorlashda, qora porox ishlab chiqarishda, rudalardan metallar eritib olishda (masalan, koks), PROTIVOGAZlarda yutuvchilar sifatida, kimyo sanoatida va boshqa sohalarda qo’llanadi. Uglerod Yerdagi hayotning asosini tashkil etuvchi muhim biogen element. Odam organizmida massa jihatidan 20,2% Uglerod mavjud. Uglerod shuningdek, oqsillar (52% atrofida), DNK va r-nk molekulalari (37% atrofida), fermentlar, gormonlar, vitaminlar tarkibiga kiradi. Organizmning tuzilishida qatnashuvchi va uning hayot faoliyatini ta’minlovchi turlituman organik birikmalar, asosan, Ugleroddan iborat. Organizm uchun zarur bo’lgan energiyaning katta qismi hujayralarda u.ning oksidlanishidan hosil bo’ladi. Uglerod atomlari, shuningdek, Uglerod bilan boshqa elementlar o’rtasida mustahkam kimyoviy bog’hosil bo’ladi, lekin bu bog’nisbatan yumshoq fiziologik sharoitlarda parchalana oladi. Uglerodning kuchli o’zlashtirilish (Assimilyatsiya) mexanizmi SO2 — fotosintez shaklida yashil o’simliklarda doim sodir bo’ladi (o’simliklar har yili 100 milliard tonna SO2 o’zlashtiradi). Yerda SO2 ning eng ko’hna o’zlashtirilish usuli — xemosintez mavjud. Ko’pchilik hayvonlar Uglerodni ovqatdan tayyor organik birikma holida oladi. Tirik organizmda quruq modda hisobida quyidagi miqdorda Uglerod bo’ladi: suv o’simliklari va hayvonlarida 34,5— 40%, yer usti o’simliklari va hayvonlarida 45,5—46,5%, bakteriyalarda 54%. Uglerodning anchagina qismi minerallashadi va yer osti boyliklarini, chunonchi: toshko’mir, neft, ohaktosh va boshqalarni hosil qiladi. Uglerod radioaktiv izotoplarining biologiya va tibbiyot tadqiqotlarida qo’llanishi moddalar almashinuvini o’rganishda katta ahamiyatga ega. 14S molekulyar biologiyada oqsillar biosintezi va irsiy informasiyalarning o’tkazilish mexanizmini o’rganishda qo’llanadi. Uglerod birikmalari. Uglerod galogenlar bilan umumiy formulasi SX4 bo’lgan (bu yerda X—S1, F, Vg, I) galogenidlar, oltingugurt bilan CS2,azot bilan (CN)2 hosil qiladi. Uglerod (1U)xlorid (tetraxlormetan, Perxlormetan) SS14 — rangsiz, xushbo’y hidli, yonmaydigan suyuqlik. Qaynash temperaturasi 76,7°, muzlash temperaturasi -22,9°. Suvda erimaydi, havo, yorug’lik va kontsentrlangan sulfat kislotaga chidamli. Metanni xlorlash yoki CS2 ga xlor ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi. Smola, lok, yog’, moy va boshqalar uchun erituvchi, yong’inni o’chiruvchi modda sifatida qo’llanadi. Uglerod (1U)ftorid CF4 — rangsiz, hidsiz gaz, suvda oz eriydi. Suyuqlanish temperaturasi -183,6°, qaynash temperaturasi — 128°. Texnikada past temperaturali tenzimetrlarda qo’llanadi. Uglerod (1U)bromid Svg4 — kristall modda, suvda oz eriydi. Suyuqlanish temperaturasi 93,7°, qaynash temperaturasi 189,5°. Uglerod (1U)yodid S14 — kristall modda, suvda oz eriydi. Suyuqlanish temperaturasi 17 gramm, zichligi 4,32 g/sm3. Uglerod (1U)sulfid CS2 — rangsiz, o’ziga xos hidli suyuqlik. Qaynash temperaturasi 46,26°, muzlash temperaturasi -112, g, zichligi 1293 kg/m3. Zaharli modda, juda tez alangalanadi. Yonganida karbonat angidrid so, va sulfat angidrid SO2 hosil bo’ladi. Suvda oz, efir, spirt, xloroformda yaxshi eriydi. Texnikada cho’g’ holatdagi listi kumir ustidan oltingugurt bug’i o’tkazish orqali olinadi. Turli moddalar uchun erituvchi sifatida, viskoza ipak ishlab chiqarishda, qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi. Alangalanuvchan modda bo’lgani uchun uni ishlatishda ehtiyot choralariga rioya qilish zarur. y.(IV)H itrid (tsian yoki disian) (CN)2 — rangsiz, achchiq brom hidiga o’xshash o’tkir hidli, zaharli gaz. Suyuqlanish temperaturasi — 20,5°, qotish temperaturasi -34,4°, suyuq holatdagi zichligi 860 kg/ m3. Suvda, spirt va efirda yaxshi eriydi. Kimyoviy reaktsiyalarda oksidlovchi va qaytaruvchi xossalarini namoyon qiladi. Simob (P)tsianidni endotermik parchalash, shuningdek, 2 valentli mis tuzlariga kaliy tsianid eritmasini ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi. Ad.: Kasimova S. S, Biogennie elementi, T., 1990; Parpiyev N. A., Raximov H.R., Muftaxov A. F., Anorganik kimyo, T., 2003. Stalina Qosimova.