Uglerod
Uglerod (gu)oksid, karbonat angidrid, SO2 — uglerodning kislorodli birikmasi, uglerod oksidlanishining oxirgi mahsuloti. 1956 yilda Shotlandiyalik olim J. Blek magniy karbonat parchalanganda gaz chiqishini aniqlagan (SO2 ning tarkibini 1789 yilda A. Lavuaze belgilab bergan), SO2 rangsiz gaz bo’lib, o’ziga xos salgina achimsiq hidi va mazasi bor. 0° va normal sharoitdagi zichligi 1,977 g/l; kritik temperaturasi 31,3°, kritik bosimi 7,3 MPa. -78,5° gacha sovitilganida qor kabi oq tusli qattiq JIEMga — «quruq muzga» aylanadi. Suyuq SO2 tez bug’langanida ham qattiq SO2 hosil bo’ladi. U odatdagi bosimda — 78,5° da suyuqlanmasdan to’g’ridan-to’g’ri gaz holatiga o’tadi. Qattiq so, 5MPa bosimda — 56,7°da suyuqlanadi. Suv, spirt va efirda eriydi. Suv bilan birikib karbonat kislota N2SO3 hosil qiladi. Odatdagi sharoitda kimyoviy nofaol modda, boshqa moddalarning yonishiga yordam bermaydi, lekin faol metallar (masalan, magniy) SO2 atmosferasida yonishni davom ettiradi. Laqqa cho’g’holatidagi kaltsiy SO2 bilan reaktsiyaga kirishganida kaltsiy karbid SaS2 va kaltsiy oksid Sao hosil bo’ladi. Cho’g’ holatidagi ko’mir bilan reaktsiyaga kirishib uglerod (P)oksid so ga, 200° da mis oksid (katalizator) ishtirokida vodorod bilan reaktsiyaga kirishib, metanga, yuqori temperaturada ammiak bilan birikib, karbamid CO(NH2)2 ga aylanadi. Tabiatda SO2 organik moddalarning chirishi, bijg’ishi va kuyishi kabi oksidlanish jarayonlari natijasida hosil bo’ladi. Yoqilg’i yonganida ham SO2 paydo bo’ladi. Havoda SO2 hajm jihatidan 0,03% ni tashkil qiladi. SO2 organizmda moddalar almashinuvi mahsulotidir. U fotosintez jarayonida ham ishtirok etadi. Texnikada ohaktosh yoki bo’rni kuydirib, laboratoriyalarda marmarni xlorid kislota bilan parchalab olinadi. SO2 oziq-ovqat sanoatida, «quruq muz» tayyorlashda, o’t o’chirishda, kimyo sanoatida soda, mochevina, oksikarbon kislotalar hosil qilishda, portlatish ishlarida keng qo’llanadi. Havoda SO2 miqdori 1,5—3% dan oshsa, kishida bosh og’rig’i, bosh aylanishi va ko’ngil aynishi paydo bo’ladi. 6% dan oshsa, kishi ish qobiliyatini yo’qotadi va hayoti xavf ostida qoladi. Zaharlangan kishini ochiq havoga olib chiqish, sun’iy nafas oldirish kerak.