Ural, Ural tog’lari
Ural, Ural tog’lari — Osiyo bilan Yevropa qit’alarini bir-biridan ajratib turuvchi o’rtacha balandlikdagi tog’li o’lka, Osiyo bilan Yevropa chegarasi Ural ning Sharqiy etaklaridan o’tadi. Shimolda Kara dengizi sohillaridan, Janubda Ural daryosigacha 2000 kilometrdan ziyod cho’zilgan. Eni 40-60 kilometrdan 150 kilometrgacha (Janubiy Ural), eng baland joyi 1895 metr (Narodnaya tog’i). Ba’zi olimlar Uralga Janubdan Mug’ojar tog’larini ham kiritadi. Ural nomining kelib chiqishi 2 xil: 1) Ural — qadimgi turkiy tildagi kamar, belbog’ so’zidan; 2) boshqird xalq eposidagi Ural Botir nomidan deb talqin qilinadi. Ural tabiati va resurslarini o’rganishga 18-20-asrlarda rus olimlari salmoqli hissa qo’shdilar. Ural tabiatining kompleks xususiyatlari, 1-navbatda geografiyasi va relefiga ko’ra 5 tabiiy oblastga bo’linadi: 1) 68°23′ — 65°40′ shu kabilar orasidagi qutbiy Uralda — tundra va o’rmonli tundra; 2) 64° shu kabilargacha davom etgan qutb yoni Uralda — tog’-o’rmon tundrasi va shimoliy tayga; 3) 59°08′ shu kabilargacha davom etgan Shimoliy Uralda — tayga; 4) 55°55′ shu kabilargacha davom etgan O’rta Uralda — Janubiy tayga va aralash o’rmonlar; 5) Ural daryosigacha tushib kelgan Janubiy Uralda — o’rmonli dasht va dasht landshaftlari ustun. Uralning g’arbiy yon bag’ri va Uraloldi chekka egilmasida, ayniqsa, Silva daryosi (Chusovaya daryosining irmog’i) havzasida karst jarayonlari kuchli rivojlangan bo’lib, bir qancha yirik g’or (Divya, Kung’ur, Kapova), ko’plab karst voronkalari va cho’kmalar uchraydi. Ural relefiga ko’ra, o’zaro parallel joylashgan qator (2-3 tadan, Janubda 7-6 tagacha) past va o’rtacha balandlikdagi tog’ tizmalaridan hamda ular orasidagi bo’ylama vodiylardan iborat. 55 va 54° sh.k.lar orasida joylashgan Janubiy Ural bilan shimolidagi qutbiy Uralning orografiyasi ancha murakkab. Ural gersin burmalanishida (yuqori paleozoy) shakllangan. Bu davrda kuchli vulkanizm jarayoni sodir bo’lgan. Geologiktektonik jihatdan Ural g’arbdan sharqqa cho’zilgan bir nechta yoshi va tarkibi jihatdan turli tog’ jinslaridan tashkil topgan strukturaviy zonalarga bo’lingan. Bulardan eng yirigi kembriygacha va paleozoy davri metamorfik, otqindi va cho’kindi tog’jinslaridan tashkil topgan Markaziy Uraltov antiklinoriysidir. Bunga Ural tog’ining suvayirg’ich qismi to’g’ri keladi. Undan g’arbda cho’kindi tog’ jinslari bilan to’lgan Uraloldi chekka egilmasi, Sharqda esa o’rta paleozoy otqindi va dengiz cho’kindilari bilan to’lgan sinklinoriy tipidagi egilmalar guruhi joylashgan. Mezozoy davrida Ural yemirilgan va pasaygan. Uning hozirgi relefi yangi tektonik ko’tarilmalar ta’sirida shakllangan. Ayni vaqtda nurash va denudasion jarayonlar ham kuchaygan. Shuning uchun eng baland tizmalar va cho’qqilar nurashga chidamli tog’ jinslaridan (kvarsit, gabbro va boshqalar) tashkil topgan, tizmalar orasidagi botiqlarda cho’kindi tog’ jinslari to’plangan va ularda keyingi erozionak-kumulyativ jarayonlar ishi natijasida daryo vodiylarida bir qancha terrasalar hosil bo’lgan. Hozirgi daryo terrasalarining soni 3-5 ta. Relefda tashqi omillardan nurashning roli katta. Qutbiy Uralda muzlik va muzlik relef shakllari, Shimoliy va O’rta Uralda relefning quyidagi tiplari ajratiladi: 1) Markaziy o’q zonaning tog’vodiy tipi, unda qadimgi peneplenlar, qurumlar, tog’ terrasalari va muzlik relefi shakllari asosiy o’rin tutadi; 2) Uralning g’arbiy yon bag’ridagi karst relefi keng tarqalgan past tog’lar — «parmalar» tipi; 3) Ural oldi to’lqinsimon akkumulyativ tekisligi; 4) Sharqiy yon bag’ridagi yassi, qoldiq tog’lar relefi tipi; 5) O’rta Uralning Sharqiy yon bag’ridagi sertepa uvallar relefi; 6) Janubiy Uralning Sharqiy qismidagi dengiz akkumulyativ tekisligi. Uralda Perm, toshko’mir, devon davrlarining dengiz va kontinental qatlamlari, sineklizalarda mezokaynozoy cho’kindi jinslari eng ko’p tarqalgan. Iqlimi kontinental tog’ iqlimi. Meridian yo’nalishi bo’ylab katta masofaga cho’zilganligi turli qismida Quyosh radiatsiyasining har xil tushishiga va shimoldan Janubga temperaturaning oshib borishiga olib keladi. Iqlimning kontinentalligi g’arbdan sharqqa va shimoldan Janubga ortib boradi. Uning Sharqiy qismida g’arbiy qismiga nisbatan temperatura 1-2°ga past. G’arbiy qismida yanvarning o’rtacha temperaturasi Qutbiy Uralda -20°, -21°, Janubiy Uralda esa -15°, -16°. Sharqiy qismida -22°, -23° (Qutbiy Uralda), -16°, -27° (Janubiy Uralda). Iyulning o’rtacha temperaturasi shimol qismida 9-10°, Janubda 19-20°. Yog’ingarchilikning taqsimlanishiga uning relefi katta ta’sir ko’rsatadi. Yillik yog’in g’arbiy yon bag’irlarida Sharqiy yon bag’irlariga nisbatan 150-300 millimetr ko’p. Eng ko’p yog’in (1000 millimetrgacha) qutb yoni va Shimoliy Uralning suvayirg’ich qismi yaqinida tushadi, bu yerda qor qoplami ham qalinroq (90 santimetrgacha). Janubiy Uralning g’arbiy yon bag’rida yillik yog’in 650-750 millimetr, Sharqiy yon bag’rining shimoliy qismida 500-600 millimetr, Janub qismida esa 300-400 millimetr. Yog’inning asosiy qismi yoz oylarida tushadi. Uralning daryolari shimoliy Muz okeani va Kaspiy dengizi havzalariga oqadi. Shimoliy Muz okeani havzasiga g’arbiy yon bag’irlaridan boshlanuvchi Pechora (USA bilan), Sharqiy yon bag’irlaridan ob daryosining irmoqlari, Kaspiy dengizi havzasiga Kama, Chusovaya, Belaya, Sakmara, Ural va boshqalar kiradi. Qutb yoni va Shimoliy Uralning g’arbiy yon bag’irlaridan boshlanuvchi daryolar sersuv, eng ko’p suv may—iyunda oqib o’tadi. Janubiy Uralning Sharqiy qismidan boshlanuvchi daryolar kam suvli, bularning ba’zilari yozda qurib qoladi. Daryolar, asosan, qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. 5-7 oy muzlaydi. Uralda tuproqo’simlik qoplami kenglik zonalligi, balandlik mintaqalari qonuniyati bo’yicha tarqalgan va dasht, o’rmon landshaftlari va ularga xos tuproq va o’simliklar tarkib topgan. Dasht landshaftlari Janubiy Uralda ayniqsa, keng. Uning shimol va balandroq qismlarida o’rmonli dasht ko’p uchraydi. Chimli podzol tuproqlarda zarang va jo’ka aralash qayinzorlar, qoratuproqlarda chalovturli o’tli va shuvoqchalov dasht o’simliklari o’sadi. Eng Janubda kashtan tuproqlar tarqalgan. Podzol tuproklarda igna bargli o’rmonlar (qoraqarag’ay, oqqarag’ay, kedr, qarag’ay, tilog’och), aralash o’rmonlarda sur o’rmon tuproqlari va igna barglilar bilan aralash o’suvchi oq qayin, tog’ teragi, jo’ka, eman, zarangli o’rmonlar keng tarqalgan. O’rmon landshaftlaridan yuqorida, ayniqsa, qutbiy, qutb yoni, Shimoliy Uralda Gols landshaftlari uchraydi. Bu yerlarda tundra zonasida tog’ tundra landshaftlari (yo’sin, lishaynik va boshqalar), botqoqlik o’simliklari katta maydonni egallagan. Uralning hayvonot dunyosi xilmaxil, turli tabiat zonalari hayvonlari mavjud. Qutbiy Uralda qutb tulkisi, lemming, bug’u, oq kaklik va boshqalar yashaydi. Yozda ko’plab qushlar (g’oz, o’rdak) uchib keladi. O’rmonlarda qo’ng’ir ayiq, silovsin, rosomaxa, bo’rsiq, Olmaxon, suvsar, oq tovushqon; qushlardan — qur, karqur, chil, kedrxo’r, klest, qizilishton, qorashaqshaq, boyqush, kakku, dasht va o’rmonli dashtlarda kemiruvchilardan malla tovushqon, sug’ur, qo’shoyoq, turli ilonlar bor. Uralda olachipor bug’u, ondatra, Qunduz, Maral, Amerika norkasi, enotsimon it iqlimlashtirilgan. Daryo va ko’llarda baliqlarning turli xillari (xarius, cho’rtan, laqqa va boshqalar) mavjud. Uralda PechoraIlich, Visim, Boshqird, Ilmen qo’riqxonalari tashkil etilgan. Ural tabiiy resurslarga, ayniqsa, foydali qazilmalar va o’rmonga boy. Temir, mis, nikel, xrom, kremniy, molibden, volfram, vanadiy, titan, kobalt, boksit, magniy, marganes va boshqa rudalarning konlari ochilgan. Qimmatbaho rudalardan surma, margimush, vismut, kobalt, kadmiy, oltin va boshqalar, qimmatbaho va nodir toshlardan Zumrad, olmos, turmalin, ametist, safsar, topaz, bezak va texnik toshlardan marmar, malaxit, yashmaga boy. Binokorlik xom ashyolari va mineral shifobaxsh suv boyliklari mavjud. Ural hududida odamlar (bundan 75 ming yil avval) ilk paleolit davri oxirlarida paydo bo’lgan. So’nggi paleolit davriga oid (35-10 ming yil avval) bir necha qarorgohlar ham topilgan. Neolit davriga kelib, Uralda bi-rbiriga qarindosh qabilalar shakllana boshlagan. Janubiy rayonlarda chorvachilik va ibtidoiy deqqonchilik (yer chopish) mana shu davrda paydo bo’lgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik boshlarida Uralda mis, jezdan foydalanila boshlangan. Miloddan avvalgi 8-7-asrlarda Uraldagi qabilalar temir eritib olish texnikasini egallaganlar. Yirik-yirik qabilalar uyushmasi paydo bo’lgan, chunonchi, Janubiy Ural cho’llarida sarmatlar, Kama daryosi bo’ylarida Ananino madaniyatiga mansub kabilalar yashagan. Milodiy 3-asrdan boshlab Ural hududida qadimgi aholi o’rtasida juda ko’p ko’chish hodisalari yuz bergan. Ural aholisi Turon, Eron, Vizantiya bilan mol ayirboshlash aloqalari olib borgan. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi natijasida milodiy 10-11-asrlarga kelib, Ural qabilalari hayotida ibtidoiy jamoa tuzumi barham topgan. Zamindorlik munosabatlarning shakllanish jarayoni komipermyak, udmurt va boshqirdlarning avlodlarida tezroq, Xanti va mansilar avlodida sekinroq bo’lgan. Ruslar Uralga o’rta asrlardan kela boshlagan. Uralning shimolida Novgorod ushkuinuklari drujinalari paydo bo’lgan (14-asr) Yugor yeri, keyinroq esa Perm yeri ham Novgorod volostlariga aylantirilib, u yerga ruslar borib o’rnasha boshlagan. 12-14-asrlarda Uraldagi yerlarni egallash uchun Novgorod va Vladimir-Suzdal, so’ngra Moskva knyazliklari o’rtasida kurash ketgan. 15-asr oxirlariga kelib, yuqori Kama bo’yi yerlarini Moskva davlati egallab olgan. Qozon xonligi bosib olingach (1552), Boshqirdistonning katta qismi va Udmurtiyaning Kama bo’yi qismi ham 1557 yil Rossiya tarkibiga kiritilgan. Bir qancha rus qishloqlari: Ufa (1574), Sarapul (1596) va boshqalar vujudga kelgan. Podsho in’omlari va yerlarning bosib olinishi natijasida Kama bo’yida Stroganovlar votchinalari paydo bo’ldi. Bu yerda Piskor (1558), Oryolgorodok (1564), Nijniy Chusovsk (1568) va boshqa shaharchalar qurildi. 1574 yil Ivan IV hukumati tomonidan Stroganovlarga hali rus davlati egallashga ulgurmagan Ural orqasidagi yerlarni bo’ysundirishi uchun yorliq berildi. Shundan so’ng Uralning Sharqiy tomonida rus qal’a va shaharlari vujudga kela boshladi. 17-asrda ruslar Janub va O’rta Uralni egallashgan. Kungur shahri (1649), yirik hunarmandchilik qishlog’i — Novoe Usole (1606), Irbit (1668) slobodalari paydo bo’ldi. Ural xalqlarining hayotida 16— 17-asrlarga kelib zamindorlik munosabatlari to’la shakllangan. 18-asr boshida Uralda zavodlar qurilishi keng avj oldi. 18-asrning 1-yarmida 63 ta Metallurgiya zavodi qurildi. Zavodlar qurilishi 18-asrning 50-60-yillarida ham davom ettirildi (yana 67 ta korxona vujudga keldi), ammo keyinchalik bu sur’at pasaydi. 1648 yildan Cherdin va Solikamskda, 1703 yil Kungur uezdida qo’zg’olonlar 1773-75 yillarda E. Pugachyov boshchiligida dehqonlar urushi bo’lib o’tdi. 18-asrda Yekaterinburg (1723), Orsk (1735), Orenburg (1743) va boshqa shaharlar vujudga keldi. 19-asrning 2-yarmida shahar aholisi tez o’sdi. Samara — Orenburg (1876), Gornozavodsk (1878), Ekaterinburg — Tyumen (1885), Samara — Ufa — Zlatoust — Chelyabinsk (1896) temir yo’llari qurildi. 19-asrning oxirida Uralda 300 ming sanoat va temir yo’l ishchisi bor edi. Ad.: Ekonomicheskaya geografiya Urala [SB.st.], 1974; Voprosi geografii urala, [SB.st.), 1970; Istoriya Urala, t. 1-2, Perm, 1963-65; «Otechestvo», M, 1999.