Uran
Uran — Quyosh sistemasiga kiruvchi 9 ta sayyoradan biri; Quyoshdan uzoqligi bo’yicha 7-sayyora. Astronomik belgisi b. Quyoshdan uzoqligi 19,19 astronomik birlik (2872,0 million kilometr)ga teng. Orbita ekstsentrisiteta 0,047, orbitasining ekliptika tekisligiga og’ishi 0,77°. Quyosh atrofida to’la aylanish davri (siderik yoki yulduz aylanish davri) 30685 yer sutkasiga (84,015 tropik yilga) teng. Uranning ko’rinma yulduz kattaligi 6 tonnaga teng bo’lib, durbinda oson ko’rinadi. Juda kattalashtirib disk holida ko’rilganda unda hech qanday chiziq yoki dog’borligi sezilmaydi. Uranning ekvatorial diametrik 52400 kilometr yoki yerning 3,98 diametriga teng. Massasi yer massasidan 14,56 marta katta; o’rtacha zichligi 1,22 g/sm3, o’z o’qi atrofida aylanish davri 17,2 soat. Uranni V.Gershel 1781 yilda kashf qilgan. Uran Quyoshdan ancha uzoq joylashgani uchun undan oladigan yorug’lik va issiqlik yerdagiga nisbatan 370 marta kam, biroq uning yorug’lik qaytarish xususiyati sayyoralar orasida eng yuqori hisoblanadi. Uranning sferik albedosi 0,93 ga, geometrik albedosi 0,57 ga teng. Uranning ichki tuzilishini nazariy tekshirishdan shu narsa aniqlandiki, tashqi gaz qobig’i vodorod (N2), neon (Ne) va metan (SN4) va ularning umumiy massasi sayyora to’la massasining 10%ni, ichki qismining ko’pi suvdan iborat bo’lgan suyuq yadroni tashkil etadi. Uranning 10 dan ortiq yo’ldoshi ma’lum. Uning eng yorug’ yo’ldoshlari — Titaniya va Oberonlarni 1787 yilda V. Gershel, kamroq yoro’g’likdagi Ariel va Umbrielni 1851 yilda U. Laplas, Mirandani amerikalik astronom J. Koyper 1948 yilda topgan. 1977 yilda Uranda halqalar borligi aniqlandi.