Uretanlar
Uretanlar (Fransuzcha urethane, lotincha urea— mochevina va ether — efir), karbamatlar — karbamin kislota efirlari. Umumiy formulasi NH2COOR (bu yerda R — metil, etil yoki boshqa organik radikal); rangsiz kristall moddalar: metil u retan (suyuqlanish temperaturasi 52°, qaynash temperaturasi 177°), etiluretan (suyuqlanish tempperaturasi 49°, qaynash temperaturasi 184°). Organik erituvchilarda erimaydi, suvda yaxshi eriydi. Ishkrrlar va kontsentrlangan kislotalar ta’sirida parchalanadi. Ammiak bilan mochevina hosil qiladi. Poliuretanlar sintezida, gerbitsid va insektisid sifatida qo’llanadi; ba’zi Uretanlar (masalan, etiluretan) — tinchlantiruvchi va uxlatuvchi modda.