Urg’u

Urg’u — turli fonetik vositalar (mas, nafas chiqarishning kuchi, ovozni kuchaytirish, bugin tarkibidagi unlining cho’ziq talaffuzi, ton balandligini o’zgartirish) orqali bo’g’in yoki so’zni ajratish, shu ajratishga xos kuchli talaffuz. Ajratish ob’yektiga ko’ra, Urg’uning 2 turi farqlanadi: so’z Urg’usi (lug’aviy Urg’u) va fraza Urg’usi (mantiqiy Urg’u). Ikki va undan ortiq bo’g’inli so’zlarda shu bo’g’inlardan birini ajratib, kuchli talaffuz etilishi so’z Urg’usi deyiladi. So’z Urg’usi, o’z navbatida, so’zning qaysi bo’g’inga tushishi, qaysi bo’g’inga birkitilganligiga ko’ra 2 ga bo’linadi: bog’liq Urg’u va ko’chma (erkin) Urg’u bog’liq Urg’u so’zda bo’g’inlar soni o’zgarishi (ortishi)ga qaramay, o’rni o’zgarmaydigan Urg’udir (masalan, rus tilida). Kuchma Urg’u Affiksatsiya jarayonida so’zda bo’g’inlar soni orta borishi bilan o’rnini o’zgartira boradigan, ya’ni oxirgi bo’g’inga siljib boradigan Urg’udir. Masalan, o’zbek tilida so’z Urg’usi shunday: uqyt — o’qito’v — o’qituvchy — o’qituvchilik. Ayrim holatlarda so’z Urg’usi ma’no farqlash vazifasini ham bajaradi: blma (fe’l) — blma (ot: meva); kyosma (fe’l) — kyosma (ot) yoki so’z shaklini farqlaydi: ishchimiz (bizning ishchi) — ishchimiz (biz — ishchi), otingiz (sizning otingiz) — otingiz (miltiqni oting) kabi. So’z oxiridagi ba’zi qo’shimchalar, yuklamalar Urg’u olmaydi, ularda Urg’u oldingi bo’g’inda qolaveradi. Albatta, umuman, ba’zan, doimo, hamisha, Kobil, Halima kabi o’zlashma so’zlarda Urg’u so’nggi bo’g’inda emas, undan oldingi bo’g’inlarda ham keladi. Ko’p bo’g’inli so’zlarda, bosh urg’udan tashqari, ikkinchi darajali urg’u ham bo’ladi. Fraza Urg’usi (mantiqiy Urg’u) sintaktik tuzilma tarkibidagi biror bo’lakni — ma’no jihatidan muhim bo’lgai nutq taktini (sintagma)ni boshqalaridan ajratib ko’rsatadi. Fraza Urg’usi qaysi bo’lakka tushsa, o’sha bo’lak axborot tashishdagi eng ahamiyatli bo’lak hisoblanadi. Masalan: O’zbek sportchilari Olimpiada o’yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. — O’zbek sportchilari Olimpiada o’yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. — O’zbek sportchilari Olimpiada o’yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Ad.: G’ulomov A., O’zbek tilida urg’u, T., 1947; Mahmudov A., Slovesnoe udarenie v uzbekskom yazike, T., 1960; N u r m o Nov A. va b.; O’zbek tilining mazmuniy sintaksisi, T.