Uron kislotalar
Uron kislotalar aldozalarning hosilalari. Umumiy formulasi SNO (SNON)I SOON. Aldozalardan birlamchi gidroksil guruhi (—SN2ON) o’rniga karboksil guruhi (—soon) borligi bilan farq qiladi. Kristall yoki amorf moddalar; uchmaydi, suvda va qutbli erituvchilarda yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalariga ko’ra, aldozalarga ham, oksikislotalarga ham o’xshaydi. Tabiatda 6 uglerod atomli holida uchraydi (geksuron kislota). Ularning nomi tegishli geksozaga qarab belgilanadi (masalan, glyukuron kislota glyukoza nomidan). Uron kislotalar hayvon va o’simliklarning biologik muhim biopolimerlari tarkibiga kiradi. D glyukuron kislota hayvon organizmida zaharli moddalarni yo’qotishda qatnashadi va askorbin kislota biosintezida boshlang’ich mahsulot hisoblanadi.