Ushr, Ashur, ashar

Ushr, Ashur, ashar (Arabcha) -1) o’ndan bir ulush; 2) daromadning o’ndan biri hisobidan olinadigan soliq turi. Musulmon mamlakatlarida natura shaklida (ba’zan pul bilan) undirilgan. Ushr solig’i har yili dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari va boshqalardan olingan. Dastlabki davrlarda sayyidlar, yirik musulmon ulamolari, shuningdek, ayrim amirlar hamda «Islom lashkariga o’z ixtiyori bilan taslim bo’lgan» hududlar aholisidan undirilgan. Ushr olingan yer-suv «mulki ushuriya» deb atalgan. Turli davrlarda Ushr shakli mahalliy shart-sharoitga ko’ra o’zgargan. Masalan, Usmonli turk saltanatida — iqto’, Dimos, o’nli, o’ntalik, salariy’a, Eron, Buxoro amirligi va boshqa joylarda — daxyak deb yuritilgan. O’rta asrlarda (qisman yangi davrda). Ushr miqdori ba’zan dehqon daromadining 10% dan yarmigacha qismini tashkil etgan. Keyinchalik yangicha daromad solig’i joriy etila boshlagach, Ushr deyarli hamma joyda (1918 yil Jazoirda, 1925 yil Turkiyada, 1935 yil Tunisda) bekor kilingan. Ammo ayrim musulmon davlatlari (Saudiya Arabistoni, Yaman Arab Respublikasi va boshqalar)da hozir ham mavjud. O’rta Osiyoda 20-asr boshigacha bo’lgan.