Usmonov Hamdam Usmonovich
Usmonov Hamdam Usmonovich (1916.16.10 Toshkent 1994.5.7) kimyogar olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1966). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1966). Kimyo fanlari Doktori (1954), professor (1955). O’rta Osiyo unuversitetini tugatgan (1937). Urush qatnashchisi (1941-45). Universitet fizik kimyo kafedrasi dotsenti (1946-54), laboratoriya mudiri (195473). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi kimyo instituti direktori (1952 — 56), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi O’simlik moddalari kimyosi inti direktori (1956-59), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi polimerlar kimyosi instituti direktori (1959— 62). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi a’zosi va kimyo fanlari bo’limi akademik kotibi (1962-64). Paxta tsellyulozasi kimyosi va texnologiyasi ilmiy tadqiqot instituti direktori va laboratoriya mudiri (1963-82), bosh maslahatchi (1982 yildan). Ilmiy ishlari tsellyuloza kimyosi va fizikasi, paxta tolasi, linti, chiqindilari va ftorpolimerlarni o’rganishga oid. Usmonov rahbarligida paxta tsellyulozasi olishning jahon standartlari talablariga javob beradigan bir qancha texnologik tizimlari ishlab chiqilgan. G’ijimlanmaydigan gazmol ishlab chiqarish texnologiyasi, tibbiyot polimerlari, ftorli polimerlar va boshqalar amaliyotga joriy qilingan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1977). As: Elektronnaya mikroskopiya tsellyulozi (v soavtorstve), T., 1962; Perspektivi ximicheskoy pererabotki otxodov xlopkovodstva (v soavtorstve), M., 1964; Svetovaya i elektronnaya mikroskopiya strukturnix prevratsheniy xlopka (v soavtorstve), T., 1974; Nadmolekulyarnaya struktura gidratsellyuloznix volokon ( v soavtorstve), T., 1974. Ad.: Axmerov K,., O’zbekiston kimyo- garlari, T., 1974; Hamdam Usmonovich Usmonov (biobibliografiya), T., 1976.