Usmonov O’ktam

Usmonov O’ktam (1938.25.7 Qibray tumani Baytqo’rg’on qishlogi — 1990.3.1) — yozuvchi, jurnalist. Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutining tarix — Filologiya fakultetini tugatgan (1959). «Lenin uchquni», «Sovet O’zbekistoni» gazetalarida adabiy xodim va bo’lim mudiri (1959— 72). Respublika partiya MKda mas’ul xodim (1972— 82), O’zbekiston yozuvchilar uyushmasida kotib (1983-86), «sovet O’zbekistoni» gazetasida Bosh muharrir (1987-90). Dastlabki hikoyalari 50-yillarning oxirlarida e’lon qilingan. Birinchi hikoyalar to’plami — «guldasta» (1964). Shundan keyin «bas boylashgan bola» (1965), «Bahor chaqmoqlari» (1970), «Notinch kecha» (1976), «sirli sohil» (1981), «Kishan» (1984), «Qismat» (1988) hikoyalar va qissalardan iborat kitoblari chop etilgan. Usmonov ijodida «girdob» (1979) romani muhim o’rin tutadi. Roman asosida yaratilgan videofilm xalq orasida Shuhrat qozongan. Asarda ziyolilarning mashaqqat va izlanishlarga to’la hayoti, haqiqat va nohaqlik o’rtasidagi shiddatli kurashlar, ziddiyatlar mahorat bilan tasvirlangan. Aziz, Mahamatchatoq obrazlari qayotiy, samimiy bo’yoqlarda chizilgan. T. Drayzerning «Amerika fojiasi» romanini, A. Shirvonzodaning «Nomus» qissasini o’zbek tiliga tarjia qilgan.