Uzunoyoqlilar

Uzunoyoqlilar (Tipulidae) ikki qanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Tanasi cho’ziq (12— 30 millimetr), qanotlari ensiz uzun, oyoqlari nozik va tanasiga nisbatan juda uzun (nomi shundan). 2500 ga yaqin turi bor. Qurtlari tuproqdagi yoki suvdagi chiriyotgan o’simliklar, suvo’tlar va yo’sinlar, ba’zan o’simliklar ildizi va yosh barglari bilan oziqlanadi. Nam va birmuncha iliq iqlimli hududlarda tarqalgan. O’zbekistonda bir necha turi uchraydi. Uzunoyoqlilar voyaga yetgan davrida oziqlanmaydi. Suv bo’yi va salqin joylarda oqshom payti yoki tunda sekin uchib yuradi. Xavf tug’ilganida oyoqlarini uzib tashlab, dushmandan qochib qutuladi. Zararkunanda Uzunoyoqlilar qurtlari poliz ekinlariga ziyon keltiradi.