VADODARA
VADODARA, Baroda — Hindistonning g’arbidagi shahar, Gujarot shtatida. Aholisi 1,1 million kishi (1991). Transport yo’llari tuguni. Ip gazlama sanoatining yirik markazlaridan biri. Kimyo, metallsozlik, farmasevtika, tsement, elektrotexnika sanoati korxonalari bor. Gugurt, trikotaj va rezina buyumlari ishlab chikariladi. Vadodara yaqinida neftni qayta ishlovchi yirik zavod bor. Vadodara zarbof to’qish bilan mashhur.