Vahshiylik

Vahshiylik (varvarlik)- 18-19-asrlar fanida qabul qilingan madaniy-tarixiy davrlashtirishga ko’ra, insoniyat tarixi 3 davrining (yovvoyilik, Vahshiylik, tsivilizatsiya) o’rtanchasi. 18-asrning 60-yillarida shotland faylasufi A. Fergyuson taklif etgan. Bu xilda davrlashtirishni Amerika tarixchisi va etnografi L. G. Morgan (1818— 81) asoslab bergan. Unga ko’ra, Vahshiylik kulolchilik ixtiro etilishi bilan boshlanib, yozuvlarning paydo bo’lishi bilan yakunlangan. Ko’p tadqiqotchilar bunday davrlashtirishni qo’llamaydilar. Hozirgi zamon fanida ibtidoiy tarix yangicha davrlashtirilmoqda. Vahshiylik ko’chma ma’noda — o’ta shafqatsizlik, yovuzlik, qo’pollikni anglatadi.