Vakuum pech
Vakuum pech — kiyin eriydigan metall va qotishmalar eritiladigan pech. Induktsion, elektr yoyli, elektron-nurli, plazmali xillari bor. Induktsion pechlarda quymalar va murakkab shaklli quyma detallar olinadi. Induktsion pech induktorlari vakuumli eritish kamerasiga nisbatan ichkariga yoki tashqariga joylashgan bo’ladi. Induktorlari tashqarida joylashgan pechda eritish jarayonini induktorni surish yo’li bilan boshqarib turish mumkin. Induktorlari ichkarida joylashgan pechning tigeli ancha chidamli bo’lib, induktor qo’zg’atilmaydi. Elektr yoyli pechlarda metall va qotishmalar elektr yoyi hosil qiladigan issiqlik hisobiga eritiladi. Elektron-nurli Vakuum pechda elektron nurli, plazmali ish jismi hisoblanadi. Vakuum pech metallni gazlar, turli aralashmalar, nometall qo’shilmalardan samarali tozalashga imkon beradi; u juda toza metall olishda qo’llaniladi.