Vakuum spektroskopiyasi
Vakuum spektroskopiyasi -spektroskopiyaning ultrabinafsha (200-10 nm) va yumshoq rentgen nurlari (10 dan 0,4—0,6 nm) spektrlarini o’rganish bilan shug’ullanadigan bo’limi. To’lqin uzunliklarining bu sohasida havo kuchli yutish xususiyatiga ega bo’lganligi sababli, spektral asboblar vakuumli bo’lishi, ya’ni ularning optik qismlari, nurlanish manbalari va qabul qilgichlari 10~4-10~5 mm sim. ust. bosimli germetik kameraga joylangan bo’lishi kerak. Vakuum spektroskopiyasida nurlanish manbalari sifatida gaz razryadi, elektr yoyi, rentgen trubkalari va lazer nurlanishini vakuumda qattiq jismga fokuslash yordamida olinadigan plazmadan foydalaniladi. Spektrlarni olish usullaridan biri dasta-plyonkali usul bo’lib, unda atom yoki ionlar spektri tez ionlar dastasining yupqa folga (zarqog’oz) orqali o’tishi natijasida uyg’onadi. B.C. qattiq jismlar atomlari, ionlari, molekulalarining energetik strukturasini, o’tishlar ehtimolligini va boshqa ko’rsatkichlarni tadqiq etishda foydalaniladi. Vakuum spektroskopiyasi yuqori temperaturali plazmalar fizikasida, shuningdek quyosh, yulduzlarni o’rganishda katta ahamiyatga ega.