Vakuummetr
Vakuummetr (vakuum va ..metr) — gazlar bosimini atmosfera bosimidan pastda — 760 dan 1013mm sim. ust. gacha (105-10″ Pa) oraliqda o’lchaydigan asbob. Ushbu bosimlar oralig’ini to’liq qamrab oluvchi universal o’lchashlar usuli mavjud emas, bunda gaz bosimi bilan (bevosita yoki bilvosita) bog’langan turli fizikaviy qonuniyatlardan foydalaniladi. Vakuummetrlarning suyuqlikli, deformatsion, kompression, radiometrik, qovushoqlik, issiqlik, ionizatsion va boshqa turlari mavjud. Ularning har bir turi bosimning muayyan sohasida o’lchashlarga mo’ljallangan. Barcha Vakuummetrlar ikki: mutlaq va nisbiy guruhga ajratilishi mumkin. Mutlaq Vakuummetrlar bevosita bosim r ni o’lchaydi, ularning ko’rsatishlari gaz turiga bog’liq emas. Ularda o’lchanishi mumkin bo’lgan bosimning quyi chegarasi 10~6 mm sim. ust. (10~4 Pa)ni tashkil qiladi. Bu toifaga suyuqlikli, deformatsion va kompression Vakuummetrlar kiradi. Nisbiy Vakuummetrlarda bosimga bog’liq bo’lgan kattaliklar o’lchanadi; ular mutlaq namunaviy Vakuummetr yordamida darajalanadi, ko’rsatishlari gaz turiga bog’liq bo’ladi. Ular qatoriga issiqlik, ionizatsion, qovushoqlik va radiometrik Vakuummetrlar kiradi. Suyuqlikli Vakuummetr [o’lchashlar oralig’i 760-102 mm sim. ust. (105-1 Pa)] o’lchaydigan bosim yoki bosimlar farqi suyuqlik ustuni bosimi bilan muvozanatlanadi. Deformatsion Vakuummetrda bosim yoki bosimlar farqi qayishoq darakchi (silfon, membrana, spiral nay) deformatsiyasi bo’yicha aniqlanadi. Kompression Vakuummetr bilan 1(g3n/m2(105 mm sim. ust.) oraliqdagi ancha past bosimlar o’lchanadi. Uning ishlashi Boyl — Mariott qonuniga asoslangan. Asbobning asosiy qismlari: ma’lum hajm Vakuummetrli o’lchagich ballon 1; asbobni bosim o’lchanadigan sistema bilan ulovchi nay 3; birday diametr d li ikkita kapillyar, ulardan biri 2-hajm Vakuummetr bilan, ikkinchisi ulagich nay 4 bilan ulangan. Pastdan suyuklik (odatda Hg) kiritilib, u hajm Vo da ulchanadigan bosim r dagi gazni ajratib oladi va uni kavsharlangan kichik hajm Vt da r,»r bosimgacha qisadi. r, bosimni kapillyarlardagi suyuklik sathlari h farqi bo’yicha, o’lchanadigan bosim r ni ushbu munosabatdan topiladi: o’lchanadigan bosimlar oraligi 10-10* mm sim. ust. (105— 10″3 Pa) ni tashkil qiladi. Kompression Vakuummetr — mutlaqdir, unda o’lchash xatoligini 1-2% gacha kamaytirish mumkin. Undan boshqa tur vakuumetrlarni darajalashda foydalaniladi. Qovushoqlik Vakuummetrining ishlashi siyaklangan gaz qovushoqligining bosimga bog’liqligiga asoslangan. O’lchashlar oralig’i 102— W mm sim.-ust. S1—10″5 Pa). Issiqlik Vakuummetrining ishlashi siyraklangan gaz issiqlik o’tkazuvchanligining bosimga bog’liqligiga asoslangan. Ionizatsion Vakuummetrda bosim me’yori vazifasini ion toki bajaradi. Gaz molekulalarini ionlovchi omil (a-va (3-zarralar yoki termoelektronlar) doimiy bo’lganda ion toki bosimga mutanosib bo’ladi. Ularning o’lchash oraligi 10 2-5 10 8 mm sim. ust. (1-5-yu-6 Pa) tashkil qiladi. Magnit-elektr razryadli Vakuummetrda ayqashgan magnit va elektr maydonlarda siyraklangan gazlarda yuzaga keluvchi mustaqil razryad tokining bosimga bog’liqligidan foydalaniladi. Bunday qurilmalarda 10″13 mm sim. ust. bosimlarni o’lchash mumkin.