Valiyev Abdulhay Qosimovich

Valiyev Abdulhay Qosimovich (1929.7.5, Toshkent) — faylasuf olim, O’zbekistan Fanlar Akademiyasi akademik (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1981), falsafa fanlari Doktori (1967), professor (1969). O’rta Osiyo davlat universiteti yuridik fakultetini tugatgan (1952). O’zbekistan Fanlar Akademiyasi falsafa va hukuq institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim (1959- 1968), bo’lim mudiri (1973 yildan). 1968— 73 yillarda O’zbek sovet entsiklopediyasi (O’zSE) Bosh muharririning o’rinbosari. Ilmiy ishlari Turkiston, xususan O’zbekiston ziyolilarining o’tmishi, ularning jahon ilmi, madaniyati va ma’naviyatiga qo’shgan buyuk hissasiga bag’ishlangan. Ayni paytda O’zbekiston ijtimoiy hayotidagi tub o’zgarishlar, yangi ijtimoiy tabaqalarning shakllanishini tadqiq qilmoqda. Beruniy nomidagi O’zbekiston Respublikasi davlat mukofoti laureati (1992).