Valyuta opsioni

Valyuta opsioni (lotincha optio-tanlash, istak) — 1) valyuta lot (sotishga qo’yilgan miqdor)ini kelishilgan muddat davomida va kelishilgan narxlar bo’yicha sotish yoki sotib olish huquqi uchun tuzilgan kontrakt; 2) kontraktning mukrbil valyuta shartlarini tanlash huquqi. Valyuta opsioni shartnomada izohlanadi, tegishli tomonga ma’lum muddat ichida yoki ma’lum holat vujudga kelgan sharoitda boshqa valyutaga o’tish imkoniyatini beradi. Bu valyuta arbitraji uchun ham imkoniyat yaratadi. Opsion to’lovning joyi, usuli, shakli bilan bog’liq bo’lgan valyuta shartlaridan kelib chiqadi. Shartnoma tuzitshda Valyuta opsioni shartlarini aniq ifoda qilish muhim amaliy ahamiyatga ega, ya’ni jiddiy foyda yoki zarar ko’rish bilan bog’liq. Opsion to’lovni kelishilgan muddatning istalgan kunida to’lash yoki to’lashdan voz kechish imkonini beradi.