Vaqf
Vaqf (Arabcha) — musulmon mamlakatlarida davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan diniy ehtiyoj yoki xayriya ishlari uchun ajratilgan mol-mulk. Vaqfnoma orqali rasmiylashtiriladi. Yer-suv, uy-joy, maktab, masjid, shifoxona va boshqalar. Vaqf mulki bo’lishi mumkin. O’z mulkini Vaqfga topshirgan shaxs mazkur mulkka nisbatan egalik huquqini yo’qotadi. Lekin uning o’zi yoki oila a’zolari yoxud uchinchi bir shaxs Vaqf mulkidan vaqfnomada qayd etilgan maqsadlarda foydalanilayotganligini aniqlash uchun Vaqf mulkini boshqarish huquqini saqlab qolishi mumkin. O’z mulkini Vaqf mulki sifatida topshirgan shaxsning farzandlari yoki boshha avlodlari mazkur Vaqf mulkidan keladigan daromadlardan nafaqa olib turishi mumkin. Vaqf mulkini shariat qonuni bo’yicha davlat boshlig’i yoki qozi nazorat qiladi. Bu tartib Sharqning ba’zi mamlakatlarida hozir ham amalda. Ad:. Burxoniddin Marginaniy, Xidaya, T., 1994; Muxtasar (Shariat qrnunlariga qisqacha sharh), T., 1994.