Vaqfnoma

Vaqfnoma – mulk, yer-suv, do’konni biror diniy muassasa ixtiyoriga vasiyat tariqasida o’tkazilishi to’g’risidagi hujjat. Xususan, madrasa, masjid, maqbara kabi binolarni saqlash, ta’mirlash, o’sha yerdagi xizmatchilar hayotini moddiy ta’minlash uchun vaqfnomada belgilangan mol-mulk, yer-suv alohida ahamiyatga ega bo’lgan.