Vaqt doimiysi

Vaqt doimiysi — elektr zanjiriga ta’sir ko’rsatayotgan kuch, zanjirning tarkibi va tuzilishi, zanjirdagi rezistor, kondensator yoki induktiv qarshilik qiymati to’satdan o’zgarganda zanjirdan oqayotgan tokning yangi muvozanat holatiga qaytish tezligini ko’rsatuvchi miqdor. Masalan, C sig’imli kondensator R qarshilikli rezistorga Ulansa x=CR vaqt ichida kondensatorning zaryadi x foizga kamayadi. Vaqt doimiysi elektrotexnika, radiotexnika, elektromexanika va issiqlik tizimlarini hisoblashda muhim rol o’ynaydi.