Variatsion hisob
Variatsion hisob -matematikaning funktsional (funktsiya yoki bir necha funktsiyaning tanlanishiga bog’liq bo’lgan o’zgaruvchi kattalik)larning eng katta va eng kichik qiymatlarini topish bilan shug’ullanuvchi bo’limi. Egri chiziqning uzunligi funktsionalga misol bo’lishi mumkin. Agar egri chiziq o’zgarsa, uzunligi ham o’zgaradi. Variatsion hisobning eng sodda masalasi = J F(x,yu,y’)dx funktsionalning ekstremumini topishdan iborat. Variatsion hisobda braxistoxrona masalasi; biror sirtda yotuvchi ikki nuqtani birlashtiruvchi egri chiziqlar ichida eng qisqa egri chiziq (geodezik chiziq)ni toppish masalasi; tekislikdagi barcha yopiq egri chiziqlar ichida eng katta yuzni chegaralaydigan egri chiziqni aniqlash (izoperimetrik masala) kabi masalalar tekshiriladi. Variatsion hisob qadimdan ma’lum. Ayniqsa I. Bernullining braxistoxrona masalasi (1696) Variatsion hisob rivojlanishida muhim rol o’ynagan. Bu masala yechimini topishda Ya. Bernulli, I. Nyuton va G. Lopita ishtirok etgan. L. Eyler va J. Lagranj variasion masalalarni umumiy shaklda ifodalab, ularni yechish usullarini ko’rsatdilar va Variatsion hisobni mat.ning mustaqil sohasiga aylantirdilar. Variatsion hisobning keyingi taraqqiyoti funktsional analiz bilan bog’liq.