Vassallik
Vassallik (lotincha vassalus — vassal, vassus — xizmatkor) — o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada feodallar bir toifasi — vassallarning boshqasi — senorlardan shaxsiy qaramlik munosabatlari tizimi. Vassallik, odatda, senordan feod olib, evaziga muayyan majburiyatlarni: o’z xojasini qo’riqlashi va uning moddiy manfaatlarini himoya qilishi, bir yilda qirq kun harbiy xizmat o’tashi yoki o’z qaramog’idagi mulki miqdoriga qarab otryad yuborishi, shuningdek ayrim vaqtda pul yordami berishi lozim bo’lgan. Biroq Vassallik ko’pincha bu majburiyatlarni bajarmay, o’z egasi — senoriga qarshi ham turgan. Oliy senor (syuzeren) vassaliga aylangan yirik feodallarning ham o’z navbatida vassallari bo’lgan.