Vaysxon, Uvaysxon, Sulton Uvays o’g’lon

Vaysxon, Uvaysxon, Sulton Uvays o’g’lon (7-1428) — Mo’g’uliston xoni (1418-21 va 1424-25). Naqshi Jahon (1415-18)ni o’ldirib taxtni egallagan. Vaysxon Amir Temurning sarkardalaridan Turkiston hokimi Shayx Nuriddin bilan ittifoq bo’lib amakisi, Mo’g’uliston xoni Shermuhammadxon (1421-24) bilan taxt uchun o’zaro kurash olib borgan. Ili daryosi bo’ylaridagi buddaviy qalmoqlar xoni Esexu (1415— 25) bilan muntazam (61 marta) urushlar qilgan. «Tarixi Rashidiy»da qayd qilinishicha, Vaysxon o’ta taqvodorligi, oliyjanobligi, jasurligi bilan boshqalardan ajralib turgan.