Vazirov Najafbek
Vazirov Najafbek (Fataliboy o’g’li) [1854. 5(17). 2, Shusha — 1926. 9. 7, Boku]— Ozarbayjon dramaturgi, Publitsist, jamoat arbobi. Azerbaydjon zamonaviy teatrining asoschilaridan. Ilk bor Bokuda (Ozarbayjon tilida) Mirza Fatali Oxundovning «lenkoron xonining vaziri» va «Hoji qora» komediyalarini sahnalashtirishda ishtirok etgan (1873). «Eti sizniki, suyagi bizniki» (1873), «uy tarbiyasining bir shakli» (1875) komediyalarida eski o’qituv usuli, ibtidoiy ta’lim shakli tanqid qilinadi. «Baxtsiz» (1874) dramasida ayollarning qismati, turmushdagi huquqsizligi tasvirlanadi. «Musibati Faxriddin» (1896) Ozarbayjon dramaturgiyasidagi birinchi fojiaviy dramadir. «Uy tarbiyasining bir shakli», «Musibati Faxriddin» asarlari Abdulla Avloniy tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilinib, Toshkentdagi «Turon» teatr truppasi tomonidan sahnalashtirilgan.