Vebern (Webern) Anton

Vebern (Webern) Anton (1883.3.12, Vena — 1945.15.9, Zalsburg yaqinidagi Mitterzil) — Avstriya kompozitori, dirijyori va musiqashunosi. Kompozitsiya bo’yicha A. Shyonbergdan saboq olgan (1904-08). Dirijyor sifatida Avstriya va Germaniya shaharlarida ishlagan (1908-13, 1917-38). Yangn Vena maktabi asoschilaridan. Ijodida polifonik uslub birmuncha murakkablashtirilgan dodekafoniya texnikasi bilan uzviy bog’langan. Vebern tarkiban kamer asarlar bastalagan, hajman minimalizmga intilgan, musiqiy puantilizmga zamin yaratgan. Aynan shu xususiyatlari bilan 20-asr kompozitorlik ijodiyoti (xususan, musiqiy avangardizm)ga katta ta’sir ko’rsatgan.