Vegetativ organlar
Vegetativ organlar (o’simliklarda) — yuksak o’simliklarning oziqlanishi va tashqi muhit bilan moddalar almashinuvini ta’minlaydigan qismi. Vegetativ ko’payish vazifasini bajaradi. Asosiy Vegetativ organlar barg va poyali novda hamda ildiz hisoblanadi. Barg fotosintez, ildiz suv va mineral moddalarni shimib olish vazifasini bajaradi. Evolyutsiya jarayonida Vegetativ organlar o’simliklar quruqlikka chiqishi bilan tuzilishining mukammallashuvi tufayli paydo bo’lgan. Tuban ko’p hujayrali % o’simliklar (suv o’tlari) va zamburug’larning vegetativ tanasi (tallomi) birmuncha sodda va bir xilda tuzilgan bo’lib, organlarga bo’linmaydi (ipsimon va ayrim plastinkasimon suv o’tlari, zamburug’lar miselleysi). Ko’pchilik yirik yashil va qo’ng’ir suv o’tlarining tashqi ko’rinishi yuksak o’simliklar organlariga o’xshaydi, ya’ni bargsimon, poyasimon yoki ildizsimon bo’ladi, lekin to’qima tuzilishiga ega bo’lmagan qismlarga bo’linadi. Hayvonlarda Vegetativ organlarga ba’zan nafas olish, hazm qilish, ayirish va bosqa organlar kiritiladi.