Vena to’garagi
Vena to’garagi — falsafiy to’garak, mantiqiy pozitivizm asoslarini ishlab chiqqan. 1922 yil Vena shahrida vujudga kelgan. Asoschilari — M. Shlik, O. Neyrat, F. Kaufman, K. Gyodel va boshqalar. 1926 yildan — R. Karnap. Vena to’garagining falsafiy kontsepsiyasi E. Max, L. Vitgenshteyn, B. Rassel hamda o’tmishdagi falsafaning empirik va ratsionalistik, panlogistik an’analari ta’sirida shakllandi va sub’yektiv idealizmning ko’rinishi sifatida namoyon bo’ldi. Vena to’garagi falsafiy muammolarni formal mantiq bilan bog’lashga, fan tilini mantiqiy tahlil qilishga urindi. Matematik mantiq apparati tahlil qilish vositasi sifatida taklif etildi. Tadqiqot uslubi sifatida Vena to’garagi olg’a surgan mantiqiy empirizm empirizmni ratsionalizm bilan birlashtirishga urinish edi. Vena to’garagi 1939 yilgacha faoliyat ko’rsatdi.