Venta
Venta — Litva va Latviyadagi Daryo, Jimay (jmud) qirlaridan boshlanib, Boltiq dengiziga quyiladi. Uzunligi 346 kilometr, havzasining maydoni 11,8 ming kilometr kvadrat. Quyi qismi tinch oqadi. Qor, yomg’ir va grunt suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi 95 m3/sek. Venta dekabrdan martgacha muzlab yotadi. Ventada Piltene pristanigacha kema qatnaydi, quyilish joyida Ventspils shahri bor.